Universitetimizdagi barcha fakultetlar va yo’nalishlar ro‘yxati
Qabul jarayoni oddiy va qulay shakllantirilgan:
Abituriyentlar www.qabul.oxu.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Imtihon vaqti va sanasini call markazga murojaat qilib (55 305 00 09) o‘zingizga qulay paytni tanlashingiz mumkin.
Til sertifikati, fan olimpiadasi g‘olibi yoki sport chempionlari qo‘shimcha ball oladi, sport chempionlari imtihonsiz qabul qilinadi.
Attestat/diplom, pasport nusxasi, 4 ta 3x4 fotosurat.
Osiyo xalqaro universitetida kunduzgi ta'limda tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalar uchun rektor stipendiyasi mavjud. Stipendiyalar 300 000 so‘m, 400 000 so‘m va 500 000 so‘m miqdorida taqdim etiladi.
2025–2026 o‘quv yili uchun 200 ta grant ajratildi:
Grant turlari: 25%, 50%, 75% va 100% lik grantlar mavjud.
Yangi abituriyentlar uchun tartib: 120 ball va undan yuqori natija (test) + suhbat (10% mezon bo‘yicha).
Muddati: 2025-yil 1-avgustgacha
Sizda IELTS sertifikati bor va xalqaro dasturda o‘qishni xohlaysizmi? OXU sizga AQSH bilan qo‘shma dastur imkoniyatini taqdim etadi:
AQSH ga borib o‘qishni davom ettirish uchun: kursni muvaffaqiyatli tugatib, IELTS 6.0 sertifikatini qo‘lga kiritish talab etiladi.
Yo‘nalishlar: Bachelor of Science in Information Technology (BSIT), Bachelor of Science in Business Administration (BSBA), Master of Business Administration (MBA)